O'zbekiston shaharlaridagi aniq ob-havo ma'lumotlari: bugun, ertaga, dam olish kunlari, bir haftalik, 14 kunlik yoki bir oylik.

Ob-havo — biror joy yoki hudud at-mosferasidagi meteorologik elementlarning uzuluksiz oʻzgarishlari maj-mui, atmosferaning muayyan tabiiy jarayonlarga bogʻliqholati. Bu jarayonlar atmosferada Quyosh energiyasi oqimi va Yer yuzasining oʻzaro taʼsiridagi fizik jarayonlar natijasida sodir boʻladi. Odatda, O.-h. deganda Yer yuzasidagi O.-h. tushuniladi. Biroq aviatsiya, xalq xoʻjaligi faoliyati rivojlanishi bilan erkin atmosfera O,-h.si tushunchasi ham tobora kengayib bormokda. Inson faoliyatining barcha jabhalari O.-h. bilan uzviy bogʻliq. O.-h. toʻxtovsiz oʻzgarib turadi. Maʼlum joyning aniq bir vaqtdagi O.-h.si meteorologik elementlar (temperatura, havo namli-gi, bulut, yogʻin miqdori, shamol tezligi va yoʻnalishi, qor boʻroni, moma-qaldiroq, tuman va h.k.) bilan tavsiflanadi. O.-h.da Yerning oʻz oʻqi at-rofidagi harakatiga bogʻliq boʻlgan davriy oʻzgarish, shuningdek, asosan, havo oqimlarining almashinishiga bogʻliq boʻlgan nodavriy keskin oʻzgarishlar sodir boʻlib turadi. Atmosfe-radagi havoning gorizontal harakati vertikal harakatidan bir necha marta katta boʻlishiga qaramay, O.-h.ning oʻzgarishida gorizontal harakat bilan bir vaqtda vertikal harakat ham katta rol oʻynaydi: bulutlarning hosil boʻlishi va yogʻin-sochin miqdori, doʻl hosil boʻlishi, asosan, havoning vertikal harakatiga bogʻliq.

Oʻrta Osiyo hududida yilning sovuq davrida moʻʼtadil kengliklardagi havo frontlarining Gʻarbiy tarmogʻidagi siklonik faoliyati rivojlanadi, bu esa Ob-havoning iliqtipini vujudga keltiradi. Arktikadan chiqadigan (sovuq tipidagi Ob-havo) sovuq havo massalarining bostirib kirishi tez-tez takrorlanib turadi. Arktikadan keladigan sovuq havo massalari koʻpincha haroratning ancha pasayib ketishiga sabab boʻladi, jan. r-nlarda qor qoplami boʻlmasada, sovuq —30, —35° ga yetadi. Bu esa tuproqning muzlashiga va ekinlarni sovuqurib nobud boʻlishiga olib keladi, bahor oxirlarida sovuq havo oqimining bostirib kelishi natijasida harorat keskin pasayib, yerning ustki qatlami muzlaydi, bu esa unib chiqqan ekin nihollari va gullayotgan mevali daraxtlar uchun juda xavflidir. Yogʻinlarning eng koʻp qismi bahor (mart-apr.)da yogʻadi.

Yilning issiq davrida Oʻrta Osiyo hududi havo qattiq isib va qurib ketadigan, kontinental tropik havo shakllanuvchi markaz hisoblanadi. Chek-ka jan. r-nlarda kunduzgi maksimal temperatura 45—50° gacha yetadi, havoning nisbiy namligi 5% boʻldi. O.-h.ning ochiq, quruq va issiq kelishi qumli tuproqlarning qurib ketishiga va shamolda koʻp miqdordagi qizigan changlar havoga koʻtirilib, haroratning yanada or-tishiga sabab boʻladi. Kopetdogʻ togʻ oldi r-nlarida va Gʻarbiy Tyanshanda tez-tez janub tomondan ekinlarni nobud qiluvchi quruq issiq shamol garmsel esadi; Amudaryoning yuqori qismida sovuq havo massasining Turon pastte-kisligi chegarasiga bostirib kirishidan oldin, janubi-gʻarbiy tomondan mahalliy afgʻon shamoli esadi. Havoning nisbiy namligi past boʻlganda yuqori haroratning bevosita taʼsiri natijasida ekinlar soʻliydi va qovjiraydi.

O‘rta Osiyodagi gidrometeorologik kuzatuvlar va tadqiqotlar tarixi Toshkent bilan uzviy bog‘liq, chunki aynan shu yerda meteorologik stansiyalar tashkil qilish, ularning ishini nazorat qilish, to‘plangan materiallarni umumlashtirish bilan shug‘ullanuvchi yagona xizmat yaratildi. Bu yerda juda katta — shimolda Verniy (hozirgi Almati) shahridan janubda Afg‘oniston va Eron bilan chegaragacha, sharqda Pomir va Tyan-Shan tog‘laridan g‘arbda Kaspiy dengizigacha bo‘lgan hududdan olingan ma’lumotlar to‘plangnan. Markaziy Osiyodagi meteorologik kuzatuvlar tarixi Toshkentda boshlanadi. Toshkent-Observatoriya meteorologik stansiyasi 1867 yilning dekabrida tashkil etilgan. O‘sha vaqtda O‘zbekiston Respublikasi gidrometeorologik xizmati boshlangan birinchi va yagona nuqta edi. Hozirda ham gidrometeorologik xizmat fondida birinchi kuzatuv materiallari saqlanib kelmoqda.